Ushbu sayt hozirda test rejimida ishlamoqda
Xadichai Kubro

Muassasa haqida

Xadichai Kubro — O'zbekiston Musulmonlari Idorasi tasarrufidagi ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi.

Muassasamiz 1993-yilda tashkil etilgan bo'lib, ayol-qizlarga islomiy va dunyoviy bilimlarni uyg'un ravishda berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Yillar davomida yuzlab bitiruvchilarni jamiyatga yetuk mutaxassis va ma'naviyatli insonlar sifatida tayyorlab kelmoqda.

Bizning ta'lim tizimimiz Qur'oni karim, hadis ilmi, arab tili hamda zamonaviy fanlarni qamrab oladi. Talabalar nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko'nikmalarni ham egallaydilar.